ALISHER NAVOIYNING TARIXIY ASARLARI — “TARIXI MULUKI AJAM” VA “TARIXI ANBIYO VA HUKAMO”DAGI ARABCHA O‘ZLASHMALAR
Kalit so‘zlar:
Alisher Navoiy, Tarixi muluki ajam, Tarixi anbiyo va hukamo, arabcha o‘zlashmalar, arabizm, leksik-semantik tahlil, funksional-uslubiy xususiyat, diniy terminologiya, siyosiy unvonlar, ilmiy istilohlar, axloqiy-falsafiy tushunchalar, tarixiy matn.Annotatsiya
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning tarixiy yo‘nalishdagi “Tarixi muluki ajam” va “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlarida uchraydigan arabcha o‘zlashmalar (arabizmlar)ning qo‘llanish sabablari hamda ularning leksik-semantik va funksional-uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda arabizmlarning matndagi ishtiroki diniy, ilmiy-ma’rifiy, madaniy-adabiy va uslubiy omillar bilan izohlanib, ularning tarixiy bayonning aniqligi, diniy-axloqiy mazmunning ifodalanishi hamda badiiy salobatni kuchaytirishdagi roli yoritiladi. Arabcha o‘zlashmalar mazmuniga ko‘ra diniy terminologiya, siyosiy-ijtimoiy unvonlar, ilmiy-adabiy istilohlar, axloqiy-falsafiy tushunchalar hamda matn ohangini kuchaytiruvchi ibora va duolar kabi guruhlarga ajratiladi. Natijada Navoiy tarixiy asarlarida arabizmlar tilning boyishiga xizmat qiluvchi, tarixiy va diniy mazmunni ixcham va ta’sirchan ifodalovchi muhim vosita ekani asoslanadi.
Iqtiboslar
1. Navoiy A. Asarlar. 15 jildlik. XIV jild: Tarixi muluki ajam. — Toshkent: Adabiyot va san’at, 1967. — 272 b.
2. Navoiy A. Asarlar. 15 jildlik. XV jild: Tarixi anbiyo va hukamo / nashrga tayyorlovchi L. Xalilov. — Toshkent, 1968. — 232 b.
3. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 4 jildlik. — Toshkent: Fan, 1983–1985.
4. Navoiy asarlari lug‘ati. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. — 784 b.
5. O‘zbek tilining imlo lug‘ati / tuzuvchilar: A. Madvaliyev, E. Begmatov; muharrir N. Mahmudov. — Toshkent: Akademnashr, 2013.
6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. — Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.
7. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. II jild. — Toshkent: Universitet, 2003.
8. Nishanov A. Navoiy tilida arabizmlarning fonetik-morfologik va leksik-semantik tahlili: filol. fan. nomz. dissertatsiyasi. — Toshkent, 1990.
9. Tojiboyeva M. R. Alisher Navoiyning “Ilk devon”idagi arabcha so‘zlarning leksik-semantik talqini: filol. fan. nomz. dissertatsiyasi. — Toshkent, 2011.
10. Doniyorov X. Alisher Navoiy va o‘zbek adabiy tili. — Toshkent: Adabiyot va san’at, 1972.
11. Fozilov E. Qadimgi obidalar va Alisher Navoiy tili. — Toshkent: Fan, 1969.
12. Bafoyev B. Alisher Navoiy asarlari leksikasi: filol. fan. doktori dissertatsiyasi. — Toshkent, 1989.
13. Karimov A. “Farhod va Shirin” dostoni tilining leksik-semantik va stilistik xususiyatlari: filol. fan. nomz. dissertatsiyasi. — Toshkent, 1973.