FARG‘ONA OBLASTIDA SUD TIZIMI: XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA XALQ SUDYALARI (QOZILAR) FAOLIYATI VA HUQUQIY ME’YORLAR LEGALIZATSIYASI

Mualliflar

  • Mushtariybegim Raupova Andijon davlat chet tillari instituti Author

Kalit so‘zlar:

Farg‘ona oblasti, qozilik sudlari, Turkiston mustamlakasi, shariat huquqi, huquqiy islohotlar, vasiqa hujjatlari, Muhammad Aziz Marg‘iloniy, mustamlaka sud tizimi.

Annotatsiya

Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg‘ona oblastida (Turkiston general-gubernatorligi tarkibida) sud tizimi, xususan xalq sudyalari (qozilar) faoliyati va huquqiy me’yorlarning legalizatsiyasi masalalari kompleks tarzda tadqiq etilgan. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati doirasida 1865-yilgi “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom” va keyingi islohotlar asosida qozilik sudlarining tuzilishi, qozilar saylovlari, vakolatlarining cheklanishi, shariat qonunlari bilan imperiya huquqining qo‘sh tanlash tamoyili tahlil qilingan. Muhammad Aziz Marg‘iloniyning “Tarixi Aziziy” asari, O‘zbekiston Milliy arxivi hujjatlari va ilmiy adabiyotlar negizida Farg‘ona viloyatidagi qozilik mahkamalarining amaliy faoliyati, notarial hujjatlar (vasiqa, iqrornoma, vakolatnoma) rasmiylashtirish tartibi, pora va suiste’mol holatlari, mahalliy an’analar bilan mustamlaka tartiblarining o‘zaro ta’siri ochib berilgan. Tadqiqot sud tizimining jamiyat boshqaruvidagi uzluksizligini, mustamlaka tamoyillarining qo‘llanilishini va milliy huquqiy merosning saqlanishini dalillaydi.

Iqtiboslar

1. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-uslubiy risola. — Toshkent: Ma’naviyat, 2017. — 244 b.

2. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2021. — 33 b.

3. Foynitskiy I. Y. Jinoyat sud ish yuritish kursi. — Sankt-Peterburg: Alfa nashriyoti, 1996. — B. 605.

4. Kaufman A. A. Ko‘chirish va kolonizatsiya. 1-qism: Davlat va ko‘chirish (1861–1904). — Peterburg, 1905. — B. 335.

5. Dobrosmislov A. N. Toshkent o‘tmishda va hozir. — Toshkent, 1912. — B. 107.

6. Ostroumov N. P. Islomshunoslik: kirish kursi. — Toshkent, 1914. — B. 181–183.

7. Likoshin N. S. Turkistonda turmush tarzi: mahalliy aholi hayoti ocherklari. — Petrograd, 1916. — B. 363.

8. Sulaymanova X. S. Tanlangan asarlar. I jild. — Toshkent: Fan, 1967.

9. Urazayev Sh. Turkiston ASSR davlat-huquqiy asoslari. — Toshkent: Gosizdat, 1958.

10. Bakirov F. Chor Turkistonida sud, shariat va odat. — Toshkent: Fan, 1967.

11. Abidova N. I. O‘zbekistonda qozilar sudi va ularni tugatish jarayoni xususiyatlari (1917–1928): tarix fan. nomz. avtoreferati. — Toshkent, 1974.

12. Abduraximova N. A. Turkistonda kolonial boshqaruv tizimi (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshi): tarix fan. dokt. avtoreferati. — Toshkent, 1994.

13. Boltaboyev S. D. Turkiston o‘lkasida vaqf mulklari (XIX asr II yarmi – XX asr boshi): tarix fan. nomz. dissertatsiyasi. — Toshkent, 1995.

14. Kuldashev M. M. Turkiston o‘lkasi huquqining manbalari (1864–1917): yuridik fan. nomz. dissertatsiyasi. — Samarqand, 2005.

15. Ismoilova D. A. Islom dinining Turkiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotidagi o‘rni (XIX asr oxiri – XX asr boshi): tarix fan. nomz. dissertatsiyasi. — Toshkent, 2006.

16. Urakov D. J. Turkistonda Rossiya imperiyasi ma’muriy axborotlari tarixiy manba sifatida: tarix fan. nomz. dissertatsiyasi. — Toshkent, 2006.

17. Vohidov Sh. X. Qo‘qon xonligida tarixnavislik (XIX – XX asr boshi): tarix fan. dokt. dissertatsiyasi. — Toshkent, 1998.

18. Mahmudov Sh. Y. Qo‘qon xonligining ma’muriy-boshqaruv tizimi (1709–1876): tarix fan. dokt. dissertatsiyasi. — Toshkent, 2007.

19. Bekmirzayev I. I. Movarounnahrda qozilik hujjatlari. — Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2014.

20. Sartori P. Adolat konsepsiyalari: Rossiya Markaziy Osiyosida shariat va madaniy o‘zgarishlar. — Leiden; Boston: Brill, 2016.

21. Schuyler E. Turkiston. — Nyu-York, 1876.

22. Schacht J. Islom huquqiga kirish. — Oksford: Clarendon Press, 1965.

23. Tajixonov U. T. Yuridik ensiklopediya. — Toshkent: Sharq, 2001.

24. Hamidova M. O‘zbekiston davlati va huquq tarixi. — Toshkent: TDYUI, 2004.

25. Eshonova Sh. Markaziy Osiyoda qozilar sudlari faoliyatining huquqiy asoslari. — Toshkent: Noshir, 2010.

26. Saidov A. X. Jahon mamlakatlarining huquqiy tizimlari: qomusiy lug‘at. — Toshkent: Anprint, 2006.

27. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 11-jild. — Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2005.

28. Abdumajidov F. A. Qozilik sudlari: tarixdan saboqlar // Odillik mezoni. — 2020. — № 4.

29. Muhammad Aziz Marg‘iloniy. Tarixi Aziziy / nashrga tayyorlovchilar: Sh. Vohidov, D. Sattorova. — Toshkent: Ma’naviyat, 1999.

30. Abduraximova N. A., Ergashev F. R. Turkistonda chor mustamlaka tizimi. — Toshkent: Akademiya, 2002.

31. Raxmonov A. R., Raxmanov A. R. Islom huquqi. — Toshkent: TDYUI, 2007.

32. Bartold V. V. Turkiston madaniy hayoti tarixi. — Leningrad: SSSR FA nashriyoti, 1927.

33. Ziyoyev X. Turkiston Rossiya tajovuziga qarshi kurashda. — Toshkent: Sharq, 1998.

34. Tillaboyev S. B. Turkiston boshqaruv tizimi (XIX–XX asr boshlarida): tarix fan. nomz. dissertatsiyasi. — Toshkent, 2006.

35. Brusina O. I. Turkistonda nikoh va ajrim // Etnografik sharh. — 2012. — № 1.

36. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi (O‘zMA), I-19-fond, 1-ro‘yxat, 3987-ish.

37. O‘zMA, I-19-fond, 1-ro‘yxat, 3984-ish.

38. O‘zMA, I-19-fond, 1-ro‘yxat, 9054-ish.

39. O‘zMA, I-19-fond, 1-ro‘yxat, 13276-, 13277-, 13279-, 13759-ishlar.

40. O‘zMA, I-336-fond, 1-ro‘yxat, 26-ish.

41. O‘zMA, I-276-fond, 1-ro‘yxat, 12-ish.

42. FASHI qo‘lyozmalar fondi: № 730 (“Qonun”), № 571 (“Dastur ul-amal”), № 748.

43. Vohidov Sh., Xoliqova R. Markaziy Osiyoda davlat boshqaruvi tarixi. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.

44. Topchibashev N. Qo‘qon xonligi va Rossiya diplomatik aloqalari. — Toshkent: Fan, 2007.

45. Akramova Sh. Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi motivatsiya // Xalq ta’limi. — 2017.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-23