IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN TABIIY FANNI O‘QITISHGA OID KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH

Mualliflar

  • Dilnora Azizova O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Author

Kalit so‘zlar:

imkoniyati cheklangan bolalar, tabiiy fan, kompetentlik, ekologik ta’lim, ekologik tarbiya, ixtisoslashtirilgan maktab, korreksion ta’lim, bilish faoliyati, amaliy ko‘nikmalar, inklyuziv ta’lim.

Annotatsiya

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan bolalar uchun tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida ularning tabiiy-ilmiy kompetentligini shakllantirish masalalari yoritilgan. Tabiiy fan mazmuni orqali o‘quvchilarda tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni anglash, ekologik tafakkur, amaliy ko‘nikmalar hamda ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni rivojlantirishning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablarda tabiiy fanlarni o‘qitishning bosqichlari, mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish, nutq, tafakkur va tasavvur jarayonlarini korreksiyalashda tabiiy fanlarning o‘rni asoslab berilgan. Ekologik ta’lim va tarbiya orqali o‘quvchilarda tabiatga ongli munosabatni shakllantirish, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirish hamda hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

Iqtiboslar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevraldagi *“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi PF-74-son Farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi *“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”*gi PQ-57-son qarori.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi *“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”*gi PF-60-son Farmoni [Elektron manba]. — URL: https://lex.uz/docs/5841063

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 oktyabrdagi *“Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi PQ-5255-son qarori.

5. Po‘latova X. M., Sultonova D. M., Mamarajabova Z. N. Tabiatshunoslikni o‘qitish maxsus metodikasi. — Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. — 223 b.

6. Toshtemirova M. A. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarida atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga tayyorgarligini takomillashtirish: ped. fan. bo‘yicha fals. dok. (PhD) dissertatsiyasi. — Toshkent, 2022.

7. Po‘latova P. Maxsus maktablarda ekologik ta’lim-tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari. — Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. — 223 b.

8. Isaqulova N. J. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari: ped. fan. nomz. dissertatsiyasi avtoreferati. — Toshkent, 2006.

9. Афанасьева Р. А. Умственное воспитание дошкольников с нарушениями интеллекта в процессе ознакомления с явлениями и объектами неживой природы: дис. … канд. пед. наук. — М., 2016.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-28