O‘QITUVCHINING REFLEKSIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Mualliflar

  • Lola Magzumova Toshkent farmatsevtika instituti Author

Kalit so‘zlar:

refleksiv kompetensiya, refleksiya, pedagogik yondashuvlar, kompetensiyaviy yondashuv, faoliyat yondashuvi, konstruktivizm, refleksiv-amaliy yondashuv, raqamli transformatsiya, o‘qituvchi faoliyati.

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishga doir asosiy pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Kompetensiyaviy, faoliyatga asoslangan, refleksiv-amaliy, konstruktivistik hamda akmeologik yondashuvlarning mazmuni ochib berilib, ularning o‘zaro integratsiyasi o‘qituvchi kasbiy faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi asoslanadi. Tadqiqotda refleksiya pedagogik qarorlarni ongli ravishda qabul qilish, kasbiy tajribani tahlil qilish va uni takomillashtirish mexanizmi sifatida talqin etiladi. Shuningdek, J. Dyui va D. Shön konsepsiyalari asosida refleksiv kompetensiyaning zamonaviy ta’lim muhitidagi metodologik ahamiyati yoritiladi.

Iqtiboslar

1. Dewey J. How We Think: A Restatement of the Relation of Reflective Thinking to the Educative Process. — Boston: D.C. Heath and Company, 1933. — 301 p.

2. Schön D. A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. — New York: Basic Books, 1984. — P. 49–90.

3. Сухобская Г. С., Горбунова Л. Л. Рефлексия в профессиональной деятельности педагога. — М.: Институт психологии РАН, 2001. — 198 с.

4. Zeichner K. M., Liston D. P. Reflective Teaching: An Introduction. — New York: Routledge, 2013.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-29