GRAFIK ISHLARNI BAJARISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Kalit so‘zlar:
grafik fanlar, chizmachilik, o‘qitish metodikasi, fazoviy tafakkur, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), hisoblash texnikasi, proeksion chizmachilik, o‘qituvchilar tayyorlash, ta’limni yangilash, Sh. Mirziyoyev, al-Xorazmiy, AutoCAD.Annotatsiya
Maqolada Muhandislik grafikasi bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tizimida grafik fanlar (chizmachilik)ni o‘qitish metodikasini modernizatsiya qilishning dolzarbligi ta’limni rivojlantirish va yangilashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar kontekstida asoslab berilgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning fikrlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ta’lim standartlari va o‘qitish metodikalarini yangilashga qaratilgan tashabbuslarga tayanilgan holda, muhandislik, arxitektura va dizayn sohalarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda grafik tayyorgarlikning ahamiyati ta’kidlangan. Grafik fanlarni o‘qitish metodologiyasi yoritilib, unda grafik ishlar nazorat qiluvchi, o‘qituvchi va rivojlantiruvchi funksiyalarni bajarishi ko‘rsatilgan. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar, jumladan topshiriqlarning variativligi, o‘z-o‘zini nazorat qilish rejalaridan foydalanish hamda fazoviy tafakkurni bosqichma-bosqich shakllantirish masalalari belgilangan. O‘qitish metodikasining tuzilmasi nazariy tayyorgarlik, amaliy mashg‘ulotlar va loyiha faoliyatini o‘z ichiga olishi bayon etilgan. Amaliy natija sifatida AutoCAD dasturidan foydalangan holda bajariladigan o‘quv topshirig‘i misoli keltirilib, an’anaviy chizmachilik usullariga nisbatan raqamli texnologiyalarning ustunliklari ko‘rsatib berilgan.