ZAMONAVIY TA’LIM YONDASHUVLARI ASOSIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Kalit so‘zlar:
zamonaviy ta’lim yondashuvlari, kasbiy kompetentlik, bo‘lajak muhandislar, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion ta’lim, integrativ ta’lim, muhandislik ta’limi.Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil etilgan. Tadqiqotda kompetensiyaviy, tizimli, integrativ, shaxsga yo‘naltirilgan hamda innovatsion ta’lim yondashuvlarining mohiyati va ularning muhandislik ta’limi jarayonidagi o‘rni ochib berilgan. Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayoni murakkab, ko‘p komponentli pedagogik hodisa sifatida asoslanib, unda bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy tafakkur va refleksiv faoliyatning o‘zaro uyg‘unligi muhim shart ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy ta’lim yondashuvlarining kasbiy tayyorgarlik samaradorligini oshirishdagi didaktik imkoniyatlari yoritilib, ularning ta’lim mazmuni, metodlari va shakllarini takomillashtirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni ilmiy-metodik jihatdan asoslashda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida muhandislik ta’limi sifatini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar
1. Bloom B.S. Taxonomy of educational objectives: The classification of educational goals. Handbook I: Cognitive domain. New York, NY: Longmans, Green and Company.1956.
2. Хуторской А.В. Kлючевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы образования. Moskva: Народное образование.2003.
3. Selvi K. Teachers’ competencies. Cultura: International Journal of Philosophy of Culture and Axiology, 7(1), 167–175.2010.
4. Kolb D.A. Experiential learning: Experience as the source of learning and development. Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall.1984
5. Зимняя И.А. Ключевые компетенции как результативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании. — Москва: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов.2004.
6. Parmonov A.A. Bo‘lajak muhandislarning umumtexnik kompetentligini talqin qilishning zamonaviy nazariy asoslari. “Ijtimoiy-gumanitar sohada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar ilmiy metodik jurnali”. -2025. № 4. –B. 82-88.
7. Butayev N.T. Talabalarning muhandislik kompetentligini rivojlantirishda nazariy mexanika fanini loyiha asosida o‘qitishning innovatsion yondashuvi // Kasb-hunar ta’limi. – 2025, №11. –B. 190-193. Ilmiy-uslubiy amaliy, ma’rifiy jurnal.