AFAZIYA NUTQ NUQSONI BO‘LGAN BEMORLAR BILAN OLIB BORILADIGAN LOGOPEDIK ISHLAR TIZIMI
Kalit so‘zlar:
afaziya, logopedik korreksion ish, o‘tkir davr, og‘zaki nutqni tiklash.Annotatsiya
Mazkur maqolada afaziya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bemorlar bilan olib boriladigan logopedik ishlar tizimi, ayniqsa kasallikning o‘tkir davrida nutqni tiklash jarayonining ilmiymetodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda afaziyaning kelib chiqish sabablari, uning psixologik va neyropsixologik xususiyatlari, bemorlarda kuzatiladigan nutq va bilish faoliyatidagi buzilishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, bemorlarning nutqiy faoliyatini qayta tiklashda qo‘llaniladigan korreksion-logopedik mashg‘ulotlarning asosiy tamoyillari, metodlari va tashkil etish shakllari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada reabilitatsiya jarayonida logoped, shifokor va psixolog hamkorligining ahamiyati, bemor shaxsini hisobga olgan holda individual yondashuvni qo‘llash zarurligi asoslab beriladi. Bundan tashqari, nutqni tiklash jarayonida kommunikativ faoliyatni rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqni bosqichma-bosqich qayta shakllantirish, shuningdek bemorni ijtimoiy muhitga moslashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari afaziya bilan og‘rigan bemorlar bilan olib boriladigan logopedik reabilitatsiya ishlarini samarali tashkil etish va ularning nutqiy hamda ijtimoiy faoliyatini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar
1. Амосова Н. Н., Каплина Н. И. Практические упражнения для восстановления речи у больных после инсульта, черепно-мозговой травмы и других заболеваний мозга. – Москва: Издательство, 2007. – 144 с.
2. Визель Т. Г. Основы нейропсихологии. – Москва: АСТ, 2009. – 320 с.
3. Крупенчук О. И., Воробьева Т. А. Логопедические упражнения: артикуляционная гимнастика. – Санкт-Петербург: Издательский Дом «Литера», 2004. – 64 с.
4. Лапина Н. М. Атипичные афазии: восстановительное обучение на ранней стадии заболевания: методическое пособие для практикующих логопедов. – Москва: Сфера, 2007. – 64 с.
5. Gʻulomova S. S., Turdaliyeva Sh. H. Neyroreabilitatsiyasida hissiy buzilishlarga ega bolalar uchun sensor integratsiya usuli // Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences: International scientific-online conference. – Toshkent, 2024. – B. 112–115.