“BOBURNOMA”DAGI LAKUNALAR: LEMMA–VARIANT–STRATEGIYA MODELI ASOSIDA

Mualliflar

  • Erkinjon G‘aybullayev Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Author

Kalit so‘zlar:

“Boburnoma”, lakunar birlik, o‘zbek–ingliz tarjima, realiya, transliteratsiya, gloss (izoh), lingvokulturologiya..

Annotatsiya

Mazkur maqolada tadqiqot materiali sifatida “Boburnom”aning Farg‘ona voqealariga oid tanishuv parchasi (Bobur 2018: 6–8-betlar) tanlandi; lakunar birliklar kontekstda “bir so‘zli tayyor ekvivalentning mavjud emasligi” va “madaniy-semantik komponentning izoh talab qilishi” mezonlari asosida ajratib olindi. Tadqiqotda lakunalar madaniy-toponimik nomlar, tarixiy o‘lchov birliklari, gastronomik realiyalar, mahalliy nominatsiyalar hamda flora/material realiyalari qatlamida tahlil qilinadi. Qiyosiy va kontekstual-semantik tahlil natijasida “yig‘och”, “shar’iy”, “Masjidi Javzo”, “donakalon”, “subhoniy”, “tobulg‘u” kabi birliklar ingliz tilida tayyor ekvivalentga ega emasligi, ularni tarjimada asosan transliteratsiya + izoh (gloss) va tavsifiy tarjima orqali adekvat yetkazish mumkinligi asoslanadi. Beveridge (1922) tarjimasida lakunar birliklarni izoh bilan berish samarali ekanligi, biroq ayrim birliklarda imlo-transliteratsiya variantlari (masalan, yighdch/ylghdch) termin bazasida dublikat muammosini keltirib chiqarishi ko‘rsatiladi. Maqolada lakunar birliklarni standartlashtirish, “lemma–variant–strategiya” modeli asosida bazaga kiritish hamda kontekstga tayangan tarjima tamoyillarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Iqtiboslar

1. Abdul Rahim Khan-i-Khanan. Baburnama (forscha tarjima). — XVI asr oxiri.

2. Abjalova M. Korpus lingvistikasi. Darslik. — Toshkent: Bookmany print, 2025. — 350 b.

3. Abjalova M., Iskandarov O., Erkinov F. O‘zbek tilidagi matnlarni avtomatik morfologik tahlil qilishda lemmatizatsiya va stemming jarayoni // O‘zbekiston: til va madaniyat. Lingvistika. – Toshkent, 2024. – B. 6–21.

4. Arat, Reşit Rahmeti. 1987. Vekayi: Babür’ün Hatıratı. Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları.

5. Beveridge, Annette Susannah. Notes on the Manuscripts of the Babur-nama (Turki). — Journal of the Royal Asiatic Society, 1900–1909.

6. Beveridge, Annette Susannah (ed.). The Babur-nama. Facsimile of the Turki Text. — London: Gibb Memorial Trust, 1905.

7. Bobur Z.M. Boburnoma / nashrga tayyorl. S. Hasanov, O. Jo‘raboyev; mas’ul muharrir J. Eshonqulov. — Toshkent: O‘zFA “Fan”, 2018.

8. Leyden, John; Erskine, William. Memoirs of Zehir-Ed-Din Muhammed Baber. — London, 1826.

9. Thackston, Wheeler M. Baburnama: Memoirs of Babur. — New York–Oxford: Oxford University Press, 1996; revised edition, 2002.

10. Xolmanova Z. “Boburnoma” — til qomusi. — Toshkent: Akademnashr, 2021. — 326 b.

11. Xolmanova Z., Hayitov Sh., Muhammadiyeva. Bobur asarlari lug‘ati. — Toshkent, 2025. — 496 b.

12. Zahiriddin Muhammad Bobur. The Babur-nama in English (Memoirs of Babur). Translated from the original Turki text by Annette Susannah Beveridge. — London: Luzac & Co., 1922.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-07