QORAQALPOQ PAREMIYALARINING NUTQ AKTLARI TASNIFI: MASLAHAT, OGOHLANTIRISH, TANQID, DALDA
Kalit so‘zlar:
paremiyalar, qoraqalpoq maqollari, pragmatika, nutq aktlari, illokutsiya, direktiv, ekspressiv.Annotatsiya
Mazkur maqolada qoraqalpoq paremiologik birliklari (maqol va naqlalar) nutq aktlari nazariyasi asosida pragmatik jihatdan tasniflanadi. Tadqiqot materiali sifatida “Qoraqalpoq folklori. Ko‘p tomlik. IV tom. Qoraqalpoq naql maqollari” to‘plamidan tanlab olingan paremiyalar korpusi o‘rganildi. Metodologik asos sifatida Ostinning lokutsiya–illokutsiya–perlokutsiya modeli hamda Syorlning illokutsion aktlar taksonomiyasi qo‘llanildi. Tahlil natijasida paremiyalar amaliy-pragmatik mezonlar asosida to‘rt guruhga ajratildi: maslahat, ogohlantirish, tanqid, dalda. Kuzatishlar direktiv yo‘nalishdagi birliklar (maslahat/ogohlantirish) ustunligini, tanqid va dalda esa ijtimoiy nazorat hamda emotsional qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini bajarishini ko‘rsatdi. Shuningdek, paremiyalarning illokutsion kuchi kontekstga bog‘liq bo‘lib, diskursga qarab pragmatik vazifasi o‘zgarishi mumkinligi aniqlandi.
Iqtiboslar
1. Austin J. L. How to Do Things with Words. – Oxford: Oxford University Press, 1962.
2. Searle J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 1969.
3. Searle J. R. A classification of illocutionary acts // Language in Society. – 1976. – Vol. 5, No. 1. – P. 1–23.
4. Taspanova J. K., Bekjanova A. M., Prekeeva A. K. English–Karakalpak proverbs. – Nókis: ILIMPAZ baspasi, 2022.
5. Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2012.
6. Қарақалпақ фольклоры. Көп томлық. IV том. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1978.