XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA TA’LIM: ONLAYN VA OFLAYN INTEGRATSIYASI

Mualliflar

  • Лазиза Юлдашева Andijon davlat texnika instituti Author

Kalit so‘zlar:

aralash ta’lim, xorijiy tillar, talabalar motivatsiyasi, akademik natijalar, mustaqil o‘rganish, raqamli savodxonlik.

Annotatsiya

Xorijiy tillarni o‘rgatishda zamonaviy darslar talabalarning past motivatsiyasi, yetarli 
darajada faol qatnashmasligi va individual o‘quv ehtiyojlarini qondirishning cheklanganligi 
muammosiga duch kelmoqda. Maqolada ushbu muammoni hal qilishning samarali usuli sifatida 
aralash ta’lim (blended learning) tahlil qilinadi. Ishning maqsadi – talabalarning motivatsiyasi, 
akademik natijalari va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalariga aralash ta’limning ta’sirini baholash. 
Tadqiqot usullari: anketa, grammatika, tinglab tushunish va og‘zaki nutq bo‘yicha testlar, 
shuningdek talabalarning oflayn va onlayn faoliyatini kuzatish. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, aralash 
ta’lim akademik ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradi, 
mustaqil o‘rganishni rag‘batlantiradi va raqamli savodxonlikni oshiradi. Shu bilan blended 
learning talabalarning kompleks rivojlanishi va motivatsiyasini oshiruvchi samarali pedagogik 
texnologiya hisoblanadi. 

Iqtiboslar

1. Effectiveness of blended learning in teaching a foreign language in aspect of modern education

// Journal of Positive School Psychology. – 2022.

2. Mirkodirova Z., Usmonova Sh. Blended learning and its potential benefits // Foreign

Linguistics and Linguodidactics. – 2024.

3. Ababakirova M. S. Integrating blended learning approaches in language education //

Comparative Linguistics, Translation and Literary Studies.

4. Джумаева Г. Эффективность смешанного обучения при преподавании английского

языка для ESP // Лингвоспектр. – 2025.

5. Козырева М. П. Технология смешанного обучения иностранному языку студентов-

филологов // Вестник Самарского университета. – 2021.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-08