NEMIS TILIDA LEKSIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRIShDA DIGITAL PLATFORMALAR SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • Shahnoza Bektosheva Qo‘qon davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

leksik kompetensiya, digital platformalar, nemis tili, raqamli ta’lim, mobil ilovalar, Quizlet, Duolingo, Deutsch.info, chet tili tashvishi.

Annotatsiya

Ushbu maqolada nemis tilini o‘rganuvchilarda leksik kompetensiyani shakllantirishda digital platformalarning samaradorligi tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, mobil ilovalar va onlayn platformalar til o‘rganish jarayonini individuallashtirish, motivatsiyani oshirish va mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda Qo‘qon davlat universitetining 42 nafar nemis tili yo‘nalishi talabalari ishtirok etib, ular ikki guruhga (eksperimental va nazorat) ajratilgan. Eksperimental guruhda 8 hafta davomida Duolingo, Quizlet va Deutsch.info platformalaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, digital platformalardan foydalangan guruhda leksik kompetensiya 32% ga oshgan, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 14% ni tashkil etgan. Shuningdek, eksperimental guruh talabalarida chet tili tashvishi (foreign language anxiety) darajasi sezilarli darajada kamaygan.

Iqtiboslar

1. Bektosheva Sh. K.Nemis tilini masofaviy o‘qitishda interaktiv vositalarning roli // Advances in Science and Education. – 2026. – Vol. 2, No. 4. – P. 42–46.

2. Canale M., Swain M.Theoretical bases of communicative approaches to second language teaching and testing // Applied Linguistics. – 1980. – Vol. 1, No. 1. – P. 1–47.

3. Delucchi Danhier R., González Ávalos P.Teaching language-specific preferences in the native language: An interactive web app for prospective teachers // LingBaW. – 2025.

4. Horwitz E. K., Horwitz M. B., Cope J.Foreign language classroom anxiety // The Modern Language Journal. – 1986. – Vol. 70, No. 2. – P. 125–132.

5. Islomov U.Understanding foreign language anxiety and its impact on learning.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-08